"CHelsi"ni ushbu mavsum yakuniga qadar boshqa murabbiy boshqarishi mumkin
15 jan 2021 22:34
Yangiliklar


"CHelsi"ni ushbu mavsum yakuniga qadar boshqa murabbiy boshqarishi mumkin
"CHelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Avraam Grant yana bir bor London jamoasi boshqaruvini qo'liga olishi mumkin.
"Bild" xabariga ko'ra, "ko'klar" rahbariyati Lempardning istefosidan keyin aynan isroillik mutaxassisning nomzodini ham ko'rib chiqmoqda. U ushbu mavsum yakuniga qadar jamoani boshqarib turadi va kelasi mavsumda jamoaga to'laqonli bosh murabbiy tayinlanadi.
"CHelsi" APLning so'nggi 6 o'yinida atigi 1 marta g'alabaga erishdi va liga turnir jadvalining 9-pog'onasini egallab turibdi. Grant 2007/08 yilgi mavsumda "CHelsi"ni boshqargan va o'shanda jamoa 2-o'rinda mavsumni yakunlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar