"CHelsi"ga qarshi bahsda "Liverpul" darvozasini kim qo'riqlashi malum bo'ldi
25 sen 2018 17:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/455075_original.jpg)
![](/upload/storage/455075_220.jpg)
"CHelsi"ga qarshi bahsda "Liverpul" darvozasini kim qo'riqlashi malum bo'ldi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "CHelsi"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya liga Kubogi uchrashuvida kimlar maydonga tushishini aytdi.
"Men ikkilanmayotgan yagona poziciya - bu darvozabon. Minole asosiy tarkibda maydonga tushadi. Boshqalar borasida qarorni ertaga qabul qilaman. Ishoning, kuchli jamoa bo'ladi va asosiy futbolchilarimizni almashtirmaymiz.
Origi va Lallana safga qaytishga yaqin, ammo ular hozircha tayyor emas. Lovren to'rtta mashg'ulot o'tkazdi va Solanke kabi maydonga chiqishga tayyor. Van Deyk haqida gapiradigan bo'lsam, u haqida hali qaror qabul qilganim yo'q" - deydi Klopp.
"CHelsi"ga qarshi bahs Minole uchun joriy mavsumdagi birinchi uchrashuv bo'ladi. Avvalgi o'yinlarda "Liverpul" darvozasini Alison Beker qo'riqladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar