"CHelsi"ga Dembele kerak
01 jan 2020 00:51
Yangiliklar


"CHelsi"ga Dembele kerak
"Lion" hujumchisi Mussa Dembele Londonning "CHelsi" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempardning shaxsan o'zi 23 yoshli hujumchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Sky Sports" nashri xabariga ko'ra, Dembelening ehtimoliy transfer bahosi 50 mln evroni tashkil qilishi kutilmoqda.
SHuningdek, "Manchester Yunayted" ham "Lion" forvardiga davogarlik qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Dembele Franciya chempionatining joriy mavsumida 18 uchrashuvda maydonga tushib, 10 golga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar