"Chelsi" yozgi transferlar oynasi vaqtida qancha pul ishlatishi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
28 fev 2021, 13:55
"Chelsi" rahbariyati Tomas Tuxelga yozgi transferlar oynasi vaqtida futbolchilar olib kelishi uchun qancha mablag' ajratishi ma'lum bo'ldi.

"Sport1.de" xabariga ko'ra, jamoani yangilash uchun bosh murabbiyga 250 million evro pul taqdim qilinadi. Qayd etilishicha, Roman Abramovichning o'zi ham katta transferlarga rozi bo'lgan.

Oldinroq London klubi "Borussiya"ning ikki yetakchisi Jeydon Sancho hamda Erling Xolandni tarkibga qo'shib olishni rejalashtirayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport1.de