"CHelsi" va "Milan" Bakayokoning ijarasi borasida kelishuvga erishdi
27 avg 2021 12:10
Yangiliklar
"CHelsi" va "Milan" Bakayokoning ijarasi borasida kelishuvga erishdi
"CHelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, klublar ikki yillik ijara borasida kelishuvga erishishdi. Ushbu haftada transfer oldidan tibbiy ko'rik o'tkaziladi.
26 yoshli francuzning Milan klubiga o'tishi oldidan londonliklar o'yinchi bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirishdi. Bakayoko 2018/19 yilgi mavsum ham "Milan"da ijarada o'ynagan.
Futbolchi 2020/21 yilgi mavsumni "Napoli"da o'tkazdi. U 44ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar