"CHelsi" UEFA Superkubogi uchun "Vilyarreal" bilan bellashadi
30 may 2021 02:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/639846_original.jpg)
![](/upload/storage/639846_220.jpg)
"CHelsi" UEFA Superkubogi uchun "Vilyarreal" bilan bellashadi
"CHelsi" minimal hisobda "Manchester Siti"dan ustun kelib, CHempionlar Ligasi-2020/21 g'olibiga aylandi.
London klubi o'z tarixida ikkinchi bor ushbu nufuzli sovrin egasi bo'ldi.
Endi londonliklar UEFA Superkubogi uchun Evropa Ligasi sohibi bo'lgan Ispaniyaning "Vilyarreal" jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.
"CHelsi" shu paytgacha Superkubok uchun 4 marta bellashgan, ammo undan faqat bittasida zafar quchgan (1998 yil). Ispaniyaliklar uchun bu birinchi o'yin sanaladi.
Final 11 avgust kuni Belfast (SHimoliy Irlandiya)dagi "Uindzor Park" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar