"CHelsi" to'purari "Valensiya"ga qarshi o'yinda jarohat oldi
28 noy 2019 11:50
Yangiliklar


"CHelsi" to'purari "Valensiya"ga qarshi o'yinda jarohat oldi
ECHL 5-turi doirasidagi "Valensiya" va "CHelsi" o'rtasidagi o'yinda mehmonlarning muhim o'yinchisi jarohat oldi.
Birinchi bo'lim yakunida "CHelsi" forvardi Temmi Abraxam va "Valensiya" himoyachisi Esekel Garay jarima maydonchasi ichida to'qnashib ketishdi.
SHundan so'ng ikkala futbolchiga ham tibbiy yordam ko'rsatildi. Argentinalik futbolchi o'yinni davom ettira olgan bo'lsa, mehmonlar hujumchisi ikkinchi taymda maydonga tushmadi.
22 yoshli Abraxam joriy mavsum "CHelsi" safida barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 4ta assist qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, "Valensiya" va "CHelsi" jamoalari o'rtasidagi o'yin 2:2 hisobida yakunlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar