"CHelsi" sobiq ustozi "Lion"ni boshqarishi mumkin
07 sen 2023 17:44
Yangiliklar
"Brayton" va "CHelsi" klublari sobiq bosh murabbiyi Grem Potter "Lion" boshqaruviga kelishi mumkin. Bu haqda "L'Equipe" xabar bermoqda.
Klub egasi Jon Tekstor allaqachon mutaxassis bilan muzokaralar o'tkazgan.
"To'quvchilar" rahbariyati bosh murabbiy Loran Blan ishidan norozi. Jamoa yangi mavsumni yomon boshladi, yani 4 turda bor-yo'g'i 1 ochko to'pladi. "Lion" hozirda Liga 1 turnir jadvalida 20-o'rinda bormoqda.
"To'qimachilar" rahbariyati qiziqishlari doirasida Uilyam Still va Tyago Motta ham bor, ammo Potter ular orasida ustuvor nomzod. Angliyalik mutaxassisga o'ylash uchun vaqt berildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar