"CHelsi" sobiq o'yinchisi ispan klubiga o'tdi
17 avg 2022 13:47
Yangiliklar
"CHelsi" sobiq o'yinchisi ispan klubiga o'tdi
"CHelsi" sobiq futbolchisi CHarli Musonda faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.
25 yoshli belgiyalikning yangi ish joyi Segundada ishtirok etayotgan "Levante" klubi bo'ladi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, o'yinchi bilan mehnat shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Musonda "Levante"ga erkin agent maqomida o'tdi. Uning "CHelsi" bilan shartnomasi o'tgan mavsumning so'nggida yakuniga etdi.
Fikrlar