"CHelsi" Saulni ijaraga olmoqchi, "Atletiko" transfer uchun 50 mln evro olmoqchi
25 avg 2021 10:45
Yangiliklar
"CHelsi" Saulni ijaraga olmoqchi, "Atletiko" transfer uchun 50 mln evro olmoqchi
"CHelsi" "Atletiko" yarim himoyachisi Saul Nigesni ijaraga olishga tayyor.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "ko'klar" 26 yoshli futbolchi uchun 5 mln evro taklif qilishmoqda, shuningdek ijara bitimida xavbekni 35 mln evroga xarid qilish imkoniyati bo'ladi.
Ammo, Madrid klubi hoziroq to'laqonli transferni amalga oshirmoqchi va o'z futbolchisini 45-50 mln evroga baholamoqda. Klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Saul o'tgan mavsum "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Niges Madrid grandi bilan Ispaniya chempioniga aylandi. Yarim himoyachining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar