"CHelsi" Sarrining o'rnida ishlaydigan nomzodni aniqlab oldi
21 fev 2019 00:16
Yangiliklar


"CHelsi" Sarrining o'rnida ishlaydigan nomzodni aniqlab oldi
Franciyalik mutaxassis Loran Blan "CHelsi" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.
"London Evening Standard" xabariga ko'ra, "aristokratlar" rahbariyati 43 yoshli mutaxassis Mauricio Sarrini o'zgartirishi borasida bir qarorga kelib olgan. Italiyalik esa yaqin vaqtlarda istefoga chiqarilishi mumkin.
Sarri o'tgan yozda "CHelsi" bosh murabbiyi bo'lgandi. Uning qo'l ostidagi jamoa Evropa ligasi 1/8 finaliga chiqishga yaqin turibdi. SHuningdek, "CHelsi" Angliya Kubogidan chiqib ketdi va Liga Kubogida finalga etib bordi. APL turnir jadvalida 6-o'rinda ketmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar