"CHelsi" Pyanich bilan muzokaralarni boshladi
14 may 2020 18:15
Yangiliklar


"CHelsi" Pyanich bilan muzokaralarni boshladi
"CHelsi" "Yuventus" bilan yarim himoyachisi Miralem Pyanich borasida muzokaralarni boshladi.
London klubi mavsumlar oralig'ida jamoaning o'rta chizig'ini kuchaytirmoqchi va shu sabab bosniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.
"Ko'klar" bitimga "keksa sinora" qiziqayotgan 30 yoshli o'yinchi Jorjinoni qo'shishga tayyor. Pyanichga bundan tashqari "Barselona" va PSJ klublari ham qiziqmoqda.
Yarim himoyachi joriy mavsum turinliklar safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar