“CHelsi” Mendi uchun 24+6 million evro to'laydi
21 sen 2020 23:02
Yangiliklar


“CHelsi” Mendi uchun 24+6 million evro to'laydi
“Renn” posboni Eduar Mendi “CHelsi”ga o'tishga yaqin.
RMC Spot xabariga ko'ra, tomonlar 28 yoshli darvozabonning transferi borasida aniq bir to'xtamga kelishgan. London klubi futbolchi uchun 24+6 milliion evro to'lab beradi.
Futbolchi Berlinda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Xabarlarga ko'ra, u “CHelsi” bilan besh yillik shartnomaga imzo chekadi.
O'tgan mavsumda darvozabon “Renn” safida 24 o'yinda maydonga tushib, to'qqizta uchrashuvda o'z daxlsizligini saqlab qolishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar