"CHelsi" Keyn uchun Lukakuni taklif qilmoqchi
19 sen 2022 20:40
Yangiliklar
"CHelsi" Keyn uchun Lukakuni taklif qilmoqchi
"CHelsi"ning yangi bosh murabbiyi Grem Potter Angliya terma jamoasi sardori Harri Keynni "aristokratlar" klubida ko'rmoqchi.
Qayd etilishicha, dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri bilan shartnoma imzolash uchun “Tottenxem”ga Romelu Lukaku, shuningdek, qo'shimcha pul taklif qilinishi mumkin. biroq "Inter" ham belgiyalik hujumchini sotib olishni rejalashtirmoqda, bu esa "aristokratlar"ning rejalariga xalaqit berishi mumkin. Keynga esa "Bavariya" ham davogarlik qilmoqda.
Angliya terma jamoasi etakchisining “shporlar” bilan shartnomasi 2024-yilda yakuniga etadi. CHempionat boshida Harri etti uchrashuvda oltita gol urdi.
Fikrlar