"CHelsi" Kanteni yo'qotdi
16 avg 2022 20:13
Yangiliklar
"The Telegraph" jurnalisti Mett Louning takidlashicha, "CHelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kante mushagidan olgan jarohati tufayli keyingi 3-4 haftani o'tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, franciyalik futbolchi Angliya chempionatining 2-turida "Tottenxem"ga qarshi kechgan "London derbisi" (2:2) yakunida jarohatga yo'liqib, maydondagi o'rnini Konor Gallaxerga bo'shatib berishga majbur bo'lgandi.
Malum qilinishicha, Kante tez orada tekshiruv natijalarini oladi. SHu orqali qancha muddatga safdan chiqqani aniq bo'ladi. "CHelsi" futbolchining jarohati jiddiy emasligi va u yaqin orada umumiy guruhdagi mashg'ulotlarni davom ettira olishiga umid qilmoqda.
Fikrlar