"CHelsi" Kantega o'rinbosar topdi
24 dek 2022 15:32
Yangiliklar
"CHelsi" Kantega o'rinbosar topdi
"Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Subimendi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
23 yoshli tanyach yarim himoyachisiga Londonning "CHelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" Subimendiga mart so'nggiga qadar jarohat sabab safdan chiqqan Ngolo Kantega o'rinbosar sifatida qarashmoqda.
Transfermarkt portali Martinni 40 million evroga baholamoqda. Uning "Real Sosedad" bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoyachi joriy mavsum La Liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar