"CHelsi" hujumchisi "Milan"ga o'tish niyatida emas
21 okt 2022 16:21
Yangiliklar
"CHelsi" hujumchisi "Milan"ga o'tish niyatida emas
Jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Milan" "CHelsi" hujumchisi Armando Broyaga qiziqish bildirmoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, 21 yoshli futbolchining agenti Luis Bell "rossoneri" rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazgan. SHu bilan birga, takidlanishicha, albaniyalik futbolchi yaqinda "ko'klar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan va endi butun etiborini London klubidagi faoliyatiga qaratgan.
Armando va "aristokratlar" o'rtasidagi amaldagi bitim 2028 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan. Joriy mavsumda u jamoa tarkibida 11 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Avvalroq Italiya chempioni "CHelsi" forvardini nishonga olgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar