"CHelsi" egasi kiyinish xonasiga kirib, 600 mln. funt nimaga sarf qilinganini aytdi
17 apr 2023 22:01
Yangiliklar
"CHelsi" egasi kiyinish xonasiga kirib, 600 mln. funt nimaga sarf qilinganini aytdi
"CHelsi" egalaridan biri Todd Bouli "Brayton"ga qarshi bahsdan (1:2) so'ng futbolchilarni ruhlantirishga urindi.
Malum bo'lishicha, Bouli uchrashuvdan so'ng kiyinish xonasida bir soatcha qolib ketdi.
Turli manbalarning xabar berishicha, klub egasi bosh murabbiy Frenk Lemparddan so'ng nutq so'zlagan.
Biznesmen 600 mln. funt g'alabalar uchun sarflangani, jamoa ayni damda jadvalning pastki qismida ekanligi "sharmandali" holatligi haqida aytgan.
SHu bilan birga "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi "CHelsi" uchun so'nggi imkoniyatlardan biri ekanligini gapirgan.
Bouli bilan birga kiyinish xonasida klubning boshqa egalari - Xansyorg Viss va Bexdad Egbali ham kirgan.
Fikrlar