"Chelsi" Bellingemni "Borussiya"dan 2022 yilda xarid qilishga urinib ko'radi

Alisher
18 noya 2020, 14:26
"Chelsi" Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemga qiziqmoqda.

17 yoshli o'yinchi londonliklar bosh murabbiyi Frenk Lempardning e'tiborini tortmoqda.

"Ko'klar" o'yinchini diqqatlik bilan kuzatishmoqda va uni Ngolo Kantega o'rinbosar sifatida u bilan 2022 yilda shartnoma imzolamoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Borussiya" Bellingemni shu yili 23 mln evro evaziga xarid qilgandi. Uning dortmundliklar bilan tuzgan shartnomasi 3 yilga mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum "arilar" safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Eurosport