“CHelsi” Azarga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
09 okt 2018 23:14
Yangiliklar
“CHelsi” Azarga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
Londonning “CHelsi” klubi jamoa yarim himoyachisi Eden Azarni jamoada saqlab qolishga ahd qilgan.
«Sky Sports» nashrining xabariga ko'ra, “aristokratlar” 27 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilib, uning maoshini oshirishmoqchi. Maqsad esa futbolchini London klubida saqlab qolish. So'nggi vaqtlarda Azarning “Real”ga o'tishi haqida OAVda ko'p gapirilmoqda.
Azarning “CHelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda Sarri qo'l ostida futbolchi 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va uch bor jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
09:15
O'rtoqlik uchrashuvi. "Manchester Siti" - "CHelsi" 4:2, Gollarning uchtasini Holland "mixladi" 1
Fikrlar