"CHelsi" "Atletiko"ga Oblak uchun 30 million evro va Kepani taklif qilmoqda
26 fev 2020 10:20
Yangiliklar
"CHelsi" "Atletiko"ga Oblak uchun 30 million evro va Kepani taklif qilmoqda
Jurnalist Eduardo Inda "CHelsi" "Atletiko" darvozaboni Yan Oblakka qiziqayotgani haqida gapirdi.
"CHelsi" Oblakni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Klub buning uchun Madrid grandiga 30 million evro miqdoridagi mablag'ni va Kepa Arrisabalagani taklif qilmoqda", - deya xabar bermoqda Inda.
Eslatib o'tamiz, londonliklar Arrisabalagani 80 million evroga xarid qilgan holda uni futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylantirishgan edi.
Kepa bir oydan beri "CHelsi" tarkibida maydonga tushmayapti. Xabar berilishicha, "ko'klar" murabbiyi Frenk Lempar klubdan yangi darvozabonni xarid qilishni so'ragan.
Takidlash kerakki, "Atletiko"ning sloveniyalik posboni dunyodagi eng qimmat darvozabon sanaladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar