"CHelsi" Abraxamning narxini 25 foizga pasaytirdi
24 may 2021 20:00
Yangiliklar
"CHelsi" Abraxamning narxini 25 foizga pasaytirdi
Temmi Abraxam yozgi transfer oynasida "CHelsi"ni tark etadi.
Avvalroq "aristokratlar" forvardni 40 mln funt evaziga sotib yuborishga tayyorligi aytilgan edi. "Goal.com" xabariga ko'ra, jamoa rahbariyati Abraxamning narxini 25% ga qisqartirib, 30 mln funtga sotmoqchi.
Abraxamga asosiy davogar Londonning "Vest Xem" klubi bo'lib turibdi. SHu tufayli hujumchi Deklan Raysning transferiga qo'shib yuborilishi mumkin.
Fikrlar