"CHelsi" 2018 yildan beri ilk bor 2 o'yinda 7 ta gol o'tkazib yubordi
07 apr 2022 02:28
Yangiliklar


"CHelsi" 2018 yildan beri ilk bor 2 o'yinda 7 ta gol o'tkazib yubordi
ECHL chorak finali doirasida "CHelsi" o'z maydonida "Real Madrid"ga imkoniyatni boy berdi (1:3).
Tomas Tuxel jamoasi oxirgi ikki o'yinda 7 ta gol o'tkazib yuborishdi. "Aristokratlar" 2 aprel kuni APL doirasida "Brentford"ga imkoniyatni boy bergandi (1:4), CHempionlar Ligasi 1/4 finalida esa endi "Real" londonliklar darvozasiga 3 ta gol urdi. Har ikki bahsda darvozani Eduar Mendi qo'riqladi.
Ikki o'yinda 7 ta golni "ko'klar" 2018 yil yanvar-fevral oyidan buyon qo'yib yubormagandi. O'shanda poytaxtliklar chempionat doirasida "Bornmut" (0:3) va "Uotford"ga (1:4) imkoniyatni boy bergandi.
Navbatdagi bahsda "CHelsi" 9 aprel kuni "Sautgempton"ga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
12:17
Arteta: "Chempionlik poygasidagi vaziyat 3 oy avval qanday bo'lsa, o'shandayligicha qolmoqda" 7
03:20
APL. "Liverpul" o'z uyida "Nyukasl"ni mag'lub etdi va jadvaldagi etakchiligini yanada mustahkamladi 13

Fikrlar