So’nggi yangiliklar

19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  6 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  0 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  91 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  15 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  2 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  53 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2

“CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasining final bosqichi “Bunyodkor”da o'tkaziladi Yangiliklar

“CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasining final bosqichi “Bunyodkor”da o'tkaziladi

Teglar :  CHarm to'p
Musobaqaning hal qiluvchi final bosqichi esa 24-28 avgust kunlari poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yoshlari o'rtasida “CHarm to'p” ananaviy futbol musobaqasini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida”gi 1-son (01-14/-1-771-son, 24.07.2019 y.) yig'ilish bayoni ijrosini taminlash maqsadida joylarda ushbu musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqaning hal qiluvchi final bosqichi esa 24-28 avgust kunlari poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladi. Hozirda “CHarm to'p-2019” musobaqasining Respublika bosqichiga yo'l olgan deyarli barcha jamoalar aniq bo'lib ulgurdi. Galdagi vazifa – final bosqichini ham yuqori saviyada tashkil etish va musobaqa ishtirokchilari hamda muxlislarga bayramona kayfiyat ulashish.

Bugun “Bunyodkor” stadionida “CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasining ishchi guruhi azolari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari O.Kasimov, vazir o'rinbosari SH.Momindjanov, O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hamda tegishli masul xodimlar qatnashdi.


25 avgustdan start oladigan final bosqichida jamoalar to'rt guruhga bo'lingan holda bahs olib borishadi. O'z guruhlarida g'olib chiqqan jamoalar esa yarim finalga yo'l oladi va medallar uchun kurashni davom ettirishadi.

Guruh bosqich o'yinlari “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda o'tkazilsa, hal qiluvchi final o'yini mamlakatimizning bosh arenasida shou tarzida tashkil etiladi. Final o'yiniga kirish bepul bo'lib, unda muxlislar mamlakatimizning 18-30 yosh toifasidagi eng kuchli havaskor jamoasining aniqlanish jarayoniga jonli guvoh bo'lishadi. SHu bilan birga xalqimizning ardoqli sanatkorlari ishtirokidagi kolcert dasturi ham tomoshabinlarga bu oqshom haqiqiy sanat va sport zavqini his qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика