So’nggi yangiliklar

11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  1 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  2 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  6 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  32 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  18 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16

“CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasi yakuniy bosqichda Yangiliklar

“CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasi yakuniy bosqichda

Teglar :  CHarm to'p
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yoshlari o'rtasida “CHarm to'p” ananaviy futbol musobaqasini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida”gi 1-son yig'ilish bayoni bilan mamlakatimiz miqyosida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida futbol musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish vazifasi belgilab berilgandi.

Mazkur musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan bosh maqsad – avvalo yurtimiz aholisi orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, yoshlar, ayniqsa uyushmagan yoshlarni yagona maqsad yo'lida birlashtirish, ularga o'z iqtidorini namoyon etishlari uchun katta maydon yaratib berishdan iborat. Oldinga o'tib aytish kerak, vazifa ortig'i bilan uddalandi.

SHu o'rinda takidlash joiz, futbol dunyoda eng sevimli va ommalashgan sport turi sanaladi. Bejiz unga “millionlar o'yini” deya tarif berilmagan. Yurtimizda ham charm to'p ixlosmandlari juda ko'p. SHuning uchun bo'lsa kerak, mahalla yoshlari o'rtasida “CHarm to'p” ananaviy futbol musobaqasini o'tkazish g'oyasi yurtdoshlarimiz tomonidan juda yaxshi kutib olindi.

Asosiy ijrochilari sifatida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashi, Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi belgilangan mazkur musobaqa to'rt bosqichda tashkil etildi.


Birinchi bosqich – 26-31 iyul kunlari mahallalar o'rtasida o'tkazilgan bo'lsa, ikkinchi bosqich esa 2-10 avgust oralig'ida tuman va shaharlar bosqichida tashkil etildi. 10-20 avgustga belgilangan uchinchi bosqichda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri kesimida g'oliblar saralandi. “CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasining uchinchi bosqichi joylarda yuqori saviyada tashkil etildi. Bu borada birinchi bo'lib Toshkent shahridan Respublika bosqichida poytaxt sharafini himoya qiladigan jamoa aniqlangan bo'lsa, ular boshlagan ishni qolganlar ham davom ettirishdi va qisqa muddatda barcha hududlardan eng kuchli jamoalar saralab olindi. Kezi kelganda shuni ham takidlash joiz, o'yinlar yuksak saviyada, keskin va murosasiz kurashlar ostida kechdi.

Sport musobaqasida g'olib tomon aniqlangani kabi mag'lub ham topiladi. Biroq, har doim ham mag'lubiyatga uchragan jamoa aybni o'zidan axtaravermaydi, aksincha, hakam yoki tashkilotchilar “aybdor”ga chiqarilaveradi. Ammo, “CHarm to'p” futbol musobaqalarida bunday holatlar deyarli ko'zga tashlanmadi. Bu esa musobaqa ancha yuqori, professionalizmga xos darajada tashkil etilganidan dalolat.

25 avgustdan boshlab poytaxtimizda “CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasining hal qiluvchi to'rtinchi bosqich o'yinlariga start beriladi. Unda saralash bosqichining yakunlariga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri kesimida eng zo'r, deb topilgan 14ta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

Musobaqaning hal qiluvchi guruh bosqich o'yinlari 25-27 avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda o'tkaziladi. Muxlislar o'z suyuklilarini bemalol qo'llab-quvvatlashlari uchun o'yinlarga kirish bepul qilib belgilandi.



Nihoyat final o'yini 28 avgust kuni soat 18:00da “Milliy” stadionda boshlanadi. Mamlakatimizning bosh arenasida to'p tepish har kimga ham nasib etavermaydi. SHu manoda “CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasining final o'yini ishtirokchilari o'zlarini professional charm to'p ustalaridek his qilishlari uchun ajoyib imkoniyat taqdim etilmoqda.

Bu hali hammasi emas. 28 avgust oqshomida “Milliy” stadionga kelgan muxlislar avvalo qiziqarli futbol o'yiniga guvoh bo'lishadi. SHu bilan birga o'zbek estradasining yorqin yulduzlari ishtirokidagi koncert dasturi ularga unutilmas onlarni taqdim etishiga shubha yo'q.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика