"CHaqmoq": SHomurodov ikkinchi bo'ldi
21 fev 2021 00:16
Yangiliklar


"CHaqmoq": SHomurodov ikkinchi bo'ldi
Hamyurtimiz Eldor SHomurodov "Verona"ga qarshi Italiya A Seriyasining 23-tur o'yinida (2:2) gol urib, ajoyib natija qayd etdi.
Gap shunadki, hujumchi "Jenoa" safida A Seriya doirasidagi bahsda zaxiradan maydonga tushib, 2 daqiqa-yu 58 soniya ichida raqib darvozasini ishg'ol qildi va genuyaliklarning eng tezkor gol mualliflari ro'yxatida 2-o'ringa joylashdi.
Oldinroq 2019-yilning mart oyida Stefano Sturaro 1 daqiqa-yu 32 soniyada "Yuventus" darvozasiga to'p kiritib, bu borada eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar