“CHaqiruv Kubogi” o'rniga boshqa turnir tuzilishi mumkin
13 apr 2016 11:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204601_original.jpg)
![](/upload/storage/204601_220.jpg)
“CHaqiruv Kubogi” o'rniga boshqa turnir tuzilishi mumkin
“CHaqiruv Kubogi” o'rnida OFK 2016 yil noyabr va 2020 yil sentyabr oylarida xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilishda muammolarga duch keladigan futboli rivojlanmagan mamlakatlar uchun yangi turnir tashkil qilishni taklif etdi.
Nepal, Bruney Darassalam, Makao, Mo'g'uliston, Pokiston va SHri Lanka hamda Osiyo Kubogi saralash raundida kurashdan chetga chiqadigan yana 2 jamoa 2016 yilgi musobaqada ishtirok etadi. Bu 2020 yilgacha deyarli bo'sh qolib ketishi mumkin bo'lgan jamoalarga rasmiy bellashuvlarda qatnashish imkoninini tuhfa qiladi. 14 kun ichida o'tadigan musobaqada 8 jamoa kurash olib boradi. Ular kamida 3 uchrashuvda maydonga tushishadi.
Turnir davomida murabbiylar, hakamlar, texnik va boshqa o'quv kurslari o'tkaziladi. Turnir bir mamlakatda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar