OFK Chaqiruv kubogi-2014. Falastin yoki Filippin OK-2015ga boradi

Narzulla Saydullayev
28 may 2014, 11:52
Maldiv orollarida bo'lib o'tayotgan OFK Chaqiruv kubogining finalchilari nomi aniq bo'ldi.
Kecha dastlab Falastin - Afg'onistonga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Falastin terma jamoasi 2:0 hisobida zafar quchib hal qiluvchi o'yinga yo'l oldi.

So'ngra musobaqa mezboni Maldiv orollari terma jamoasi Filippin bilan kuch sinashdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. Qo'shimcha bo'limning birinchisida filippinliklar g'alaba to'pini kiritishdi va finalga chiqishdi.

30 ma kuni bo'lib o'tadigan final bahsida g'olib bo'lgan jamoa 2015 yil Avstraliyada tashkil etiladigan Osiyo Kubogi-2015 musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Demak Falastin yoki Filippin Osiyo Kubogi-2015da "D" guruhida Yaponiya, Iordaniya va Iroq terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia