OFK Chaqiruv kubogi-2014. Falastin OK-2015ga boradi

Narzulla Saydullayev
30 may 2014, 22:57
Maldiv orollarida bo'lib o'tgan OFK Chaqiruv kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Falastin va Filippin terma jamoalari hal qiluvchi o'yinda to'qnash kelishdi. Uchrashuv taqdirini falastinlik 74-daqiqada Al Favagxrax tomonidan urilgan gol hal qildi. Shunday qilib, Falastin 2015 yil Avstraliyada tashkil etiladigan Osiyo Kubogi-2015 musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Demak Falastin Osiyo Kubogi-2015da "D" guruhida Yaponiya, Iordaniya va Iroq terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia