So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  4 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  7 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

"Championat.asia"ning PFL qaroriga izohi Yangiliklar

"Championat.asia"ning PFL qaroriga izohi

Teglar :  Championat.asia
Professional futbol ligasining bugun chiqargan qarori yuzasidan "Championat.asia" sayti quyidagilarni malum qiladi.

Birgina "CA"ning yo'qligi tufayli ommaviy "El-Klasiko"ga birorta jurnalist tashrif buyurmadi. CHunki asosiy guruhimiz O'zbekiston Kubogi finaliga bor etiborini qaratgandi. Superliga o'yinlarini imkon qadar yoritib kelayotgan sayt, Pro-ligani yagona onlayn tarzda ommaga taqdim qilib kelayotgan OAV ham ayni paytda faqat "CA" edi.

SHunday ekan, bu qarordan "CA" emas muxlislar yutqazdi. Biz ham boshqa saytlardan malumotlarni ko'chirib bosishni bilamiz va bu bilan auditoriyamiz kamayib qolmaydi. Tashkilotning yaxshi g'oyalari ko'p. Superliga qizigan paytda OAVni hujjatdan mahrum qilish orqali aksincha, shundoq ham nufuzi tushib ketgan chempionatga bo'lgan etiborni kamaytiradi. Aksar tomoshabinlar aynan saytlarda chiqayotgan anons va maqolalardan kelib chiqqan holda o'yinlar bo'layotganidan xabardor bo'lib turganligini inobatga olsak.

Sayt jurnalistlari ko'p narsa yo'qotgani yo'q. Faqat matbuot anjumaniga kira olmaydi. Media tribunada o'tirish ham shart emas. CHunki u erdagi sharoit, muxlislar tribunasinikidan ko'p farq qilmaydi. Stadionga kirish uchun chipta sotib olishga vaqt ham ketmaydi. O'yinlar bo'lsa bepul. Superliganing bir qator klublari "Championat.asia" sayti ular haqida yozishi muhim ahamiyatga ega ekanligini malum qilib, bizga o'z o'yinlari paytida kerakli sharoitlarni yaratib berishni va "VIP" toifadagi chiptalarni taqdim etishlarini bildirishdi.  
Saytimiz tomonidan tahliliy maqolalarni chiqarish uchun hech qanday to'siq yo'q. Biz mamlakat konstituciyasi himoyasidamiz.

Ayni paytda "Championat.asia" bor etiborini O'zbekiston milliy terma jamoasining BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga qaratyapti. BAA yashil maydonlarida bo'lib o'tadigan qita chempionatida katta ishchi guruh bilan ishtirok etish maqsad qilingan.

Telegramdagi rasmiy kanalimizda o'tkazilgan so'rovnomada shu narsa bo'ldiki, asosiy o'quvchilar saytga o'zbek futboli haqida axborot olish uchun kiradilar. PFL esa ularni bu huquqdan mahrum qilmoqchi.

O'quvchilardan www.Championat.asia sayti haqida do'stlaringizga ko'proq xabar berishingizni so'rab qolamiz. SHuningdek, OAVda bizni qo'llab-quvvatlayotgan hamkasblarimizga rahmat aytamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda o'z fikrlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin: 

TVITTER

INSTAGRAM

FEYSBUK

YUTUB

TELEGRAM

VKONTAKTE


Tahririyat

Reyting: +125   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика