championat.asia talqiniga ko'ra aprel oyining eng yaxshi futbolchisi - Temurxo'ja Abduxoliqov
02 may 2019 15:45
Yangiliklar


championat.asia talqiniga ko'ra aprel oyining eng yaxshi futbolchisi - Temurxo'ja Abduxoliqov
Saytimiz o'z odatiga sodiq qolgan holda oy laureatlarini aniqlashda davom etadi.
Championat.asia sayti jurnalistlari o'rtasida bo'lib o'tgan "Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi" so'rovnomasida "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov eng ko'p ovoz to'pladi.
O'tgan oyda "temiryo'lchilar" Superligada 4ta o'yin o'tkazishdi va ularning barchasida g'olib chiqishdi. Amaldagi chempion o'z maydonida "Andijon" (4:0), "Qizilqum" (3:1) va AGMKni (2:1) taslim etdi. Safarda esa "Buxoro"ni mag'lub etdi - 2:0. Temurxo'ja Abduxoliqov mana shu to'rtta o'yinning barchasida gol urdi. Yani hujumchi Superligada aprel oyidagi hech bir bahsni golsiz tark etgani yo'q.
championat.asia talqiniga ko'ra mart oyining eng yaxshi futbolchisi - Dragan CHeran
O’xshash yangiliklar

Fikrlar