championat.asia talqiniga ko'ra aprel oyining eng yaxshi darvozaboni - Sanjar Quvvatov
02 may 2019 15:15
Yangiliklar


championat.asia talqiniga ko'ra aprel oyining eng yaxshi darvozaboni - Sanjar Quvvatov
Saytimiz o'z odatiga sodiq qolgan holda oy laureatlarini aniqlashda davom etadi.
Championat.asia sayti jurnalistlari o'rtasida bo'lib o'tgan "Aprel oyining eng yaxshi darvozaboni" so'rovnomasida "Paxtakor" posboni Sanjar Quvvatov eng ko'p ovoz to'pladi.
O'tgan oyda "sherlar" Superligada 4ta o'yin o'tkazishdi. Toshkentda "Nasaf" mag'lub etildi - 2:1. Termizda "Surxon" bilan 0:0 hisobida durang qayd etildi. So'ngra o'z maydonida "Dinamo"dan ustun kelindi - 2:0. Nihoyat Jizzaxda "So'g'diyona" mag'lub etildi - 2:1. Mana shu o'yinlarning barchasida maydonga tushgan Quvvatov atigi ikkita gol o'tkazib yubordi va ikki uchrashuvni "quruq" o'tkazdi.
championat.asia talqiniga ko'ra mart oyining eng yaxshi darvozaboni - Botirali Ergashev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar