So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  1 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  14 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

"Championat.asia" muxlislarining talqiniga ko'ra jahonda yilning eng yaxshi darvozaboni (so'rovnoma) Yangiliklar

"Championat.asia" muxlislarining talqiniga ko'ra jahonda yilning eng yaxshi darvozaboni (so'rovnoma)

Saytimiz o'quvchilari talqiniga ko'ra jahon futbolidagi eng yaxshi darvozabonni aniqlaymiz.

"Championat.asia" muxlislarining talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi darvozaboni (so'rovnoma)

  • Yan Oblak ("Atletiko")
  • Alisson Beker ("Liverpul")
  • Mark-Andre ter SHtegen ("Barselona")
  • Ugo Loris ("Tottenxem")


Mark-Andre ter SHtegen ("Barselona", Germaniya)

Germaniyalik posbonning 2019 yilda erishgan eng katta yutug'i Ispaniya chempionatidagi g'oliblikdir. "Barselona" ECHLning 2018/19 yilgi mavsumida yarim finalgacha etib borishdi. Finalga bir qadam qolganda posbon "Enfild"da 4ta gol o'tkazib yubordi. Ammo, aytib o'tganimizdek ter SHtegenning ajoyib seyvlari "Barselona"ning La Ligani yutishida katta yordam berdi. Germaniya uchun omadsiz kechgan Millatlar Ligasida esa u maydonga tushmadi.


Yan Oblak ("Atletiko", Sloveniya terma jamoasi)

Hozirgi kundagi dunyoning eng qimmat darvozaboni Yan Oblak o'tgan mavsum La Ligada ajoyib seyvlar qayd etdi va jamoasining 2-o'rinni olishida katta yordam berdi. ECHLda esa kombek o'yinlar "Atletiko"ni ham chetlab o'tmadi. "Yuventus"ga qarshi javob o'yinda sloveniyalik posbon darvozasidan 3ta to'p olib chiqdi va jamoa ECHLdagi ishtirokini nimchorak finaldayoq to'xtatishga majbur bo'ldi. 100 million evrolik darvozabon Millatlar Ligasida qatnashmadi. Bundan tashqari, Oblak "Samora" mukofotini ketma-ket to'rtinchi yil qo'lga kiritdi. Malumot uchun, ushbu mukofot La Ligadagi eng yaxshi mavsumni o'tkazgan darvozabonga beriladi.


Alisson Beker ("Liverpul", Braziliya terma jamoasi)

27 yoshli braziliyalik darvozabon uchun 2019 yil balki faoliyatidagi eng yaxshi mavsumdir. SHubhasiz bu yildagi eng katta muvaffaqiyat Evropa CHempionlar Ligasidagi g'alabadir. Alissonning aqlbovar qilmas seyvlari tufayli "Liverpul" muhim uchrashuvlarda g'olib chiqdi va braziliyalik posbon yakunda musobaqaning "Eng yaxshi darvozaboni" mukofotini qo'lga kiritdi. Beker jamoasi APLda alamli tarzda ikkinchi o'rin bilan kifoyalanishgan bo'lsada, braziliyalik darvozabon mavsum davomidagi ajoyib harakatlari tufayli Angliyada "Oltin qo'lqop"ga loyiq ko'rildi. Bu hali hammasi emas. Braziliya terma jamoasining asosiy darvozaboni Kopa Amerika g'olibiga aylandi va u erdagi eng yaxshi darvozabonga beriladigan mukofotni ham o'ziniki qildi. Ha aytganday, Alison birinchi bor tashkil etilgan "Yashin" mukofotining ilk g'olibiga ham aylandi.


Ugo Loris ("Tottenxem", Franciya terma jamoasi)

Ugo Loris ushbu mavsumni ajoyib tarzda o'tkaza oldi. Uning 2019 yildagi eng katta muvaffaqiyati "Tottenxem" bilan birga ECHL finaliga qadar etib borganidir. Aynan franciyalik darvozabonning ajoyib seyvlari londonliklarni sensacion tarzda musobaqa finaliga olib chiqdi. APLning yakunlangan mavsumida esa jamoasining 4-o'rinni olib, ECHLga yo'llanma olishida asosiy ishni qildi. Ammo, Loris APL doirasidagi noyabr oyining boshida o'tkazilgan o'yinda jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqdi.


O'z tanlovingizni izohlarda yozib qoldiring (izohlarda o'zingiz munosib deb bilan boshqa darvozabonni ham yozib qoldirishingiz mumkin).



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика