Championat.asia: Eldor Shomurodov "Inter"ga qarshi o'yinni zaxirada boshlaydi

Tolibjon Qosimov
24 okt 2020, 17:34
Bugun Italiya A Seriyasida 5-tur bellashuvlari davom ettiriladi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi o'z maydonida Antonio Konte boshcharuvidagi "Inter"ni qabul qiladi.

"Championat.asia"ning tasdiqlangan ma'lumotlariga ko'ra, "Jenoa" tarkibida Shomurodov bugungi o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlaydi.

"Stadio Luiji Ferraris" stadionida o'tadigan "Jenoa" - "Inter" bahsi Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi. Uchrashuv Match! Futbol 2 (Rossiya) telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya qilinadi. Bundan tashqari, o'yin saytimizda matnli translyatsiya qilinadi.

ITALIYA A SERIYASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING


Eslatib o'tamiz, Eldor oldingi turda "Verona"ga qarshi asosiy tarkibda boshlab 63-daqiqaga qadar maydonda harakat qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia