“Cementchi” tarkibni kuchaytirmoqda
22 jan 2016 14:50
Yangiliklar
“Cementchi” tarkibni kuchaytirmoqda
Jamoa matbuot xizmatining malum qilishicha, tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar bor. O'tgan mavsumning birinchi qismida “Kosonsoy” sharafini himoya qilib, to'purarlik mahoratini namoyish etib, so'ngra oliy liga vakili “Navbahor”ga ko'chib o'tgan Davron Isoqov ayni damda “Cementchi” mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
“Andijon” bilan xayrlashib ulgurgan darvozabon Eldor Isaboev ham quvasoyliklar bilan og'zaki ravishda kelishuvga erishgan. Bundan tashqari ilgari “Kosonsoy”da o'ynagan himoyachi Aziz Matkarimov ham ayni damda “Cementchi” ko'rigida bo'lib turibdi. Bu futbolchining o'tgan mavsum jaroxati tufayli majburiy tatilda ekanligi malum bo'ldi. SHuningdek oxirgi yillarda “Neftchi” yoshlar jamoasida o'ynab kelayotgan Riza Ayvazov ham mashg'ulotlarga qo'shilgan.
“Yozyovon-Lochinlari” jamoasidan kelgan Vlad Norov qaytib ketgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar