So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

“Cementchi”: Tarkibda juda katta o'zgarishlar bor Yangiliklar

“Cementchi”: Tarkibda juda katta o'zgarishlar bor

Teglar :  Cementchi
Quvasoyning “Cementchi” jamoasi birinchi davraning eng so'nggi uchrashuvini 2 iyul kuni Quvasoyda Xaqqulobodning “Norin” jamoasiga qarshi o'tkazgandan so'ng (2:0) futbolchilarga kichik tatil berilgan edi.

Kecha tushdan so'ng jamoa azolari o'z qarorgohida dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishdi.  
   
Jamoa murabbiylari va rahbariyati ikkinchi davra o'yinlari oldidan bo'ladigan tayorgarlikka alohida etibor qaratmoqdalar. Xususan yig'in boshidan jamoada puxta ishlangan rejalar asosida ish boshladilar va mashg'ulotlar o'tashni boshladilar.  

Tarkibdagi o'zgarishlarga keladigan bo'lsak, murabbiylar birinchi davrada harakat qilgan bir necha o'yinchilar, xususan quvasoylik markaziy himoyachi Dilshod Eminov, yarim himoyachi Alisher Fayzullaev, markaziy himoyachi Davron Mamatovlar hamda ushbu mavsum boshida jamoa tarkibiga kelib qo'shilgan futbolchilar Andijonning “Andijon” jamoasidan darvozabon Eldor Isaboev va yarim himoyachi SHukurillo Jumaboev, Namangan viloyatining “Kosonsoy” jamoasidan kelgan tajribali hujumchi Abdurazzoq Jo'raev va yarim himoyachi Azizbek Matkarimov, Nukusning “Orol” jamoasidan taklif etilgan hujumchi Nurlibek Talasboev, ikkinchi liga vakili CHilonzorning “CHilonzor”  jamoasidan hujumchi Sardor Suyunov, Farg'ona shahrining BO'SMdan kelib qo'shilgan Fayzullo Jumanqo'zievlar bilan jamoa o'zaro kelishgan holda xayrlashishga qaror qildilar.

Jamoani tark etgan o'yinchilardan hujumchi Nurlibek Talasboev oliy liga vakili “Mashal” jamoasida, yarim himoyachi SHukurillo Jumaboev esa “Qizilqum” jamoalari ko'rigida bo'lib turibdilar.

Tabiiyki jamoaning ilk kunida yig'inga bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shilgan. Oliy liga vakili Toshkentning “Metallurg” jamoasi yoshlari tarkibidan markaziy yarim himoyachi Sunnatillo Ermatov va markaziy himoyachi Azam Samijonov, birinchi liga vakili “Uzdongju” jamoasidan yarim himoyachi Fexruz  Salohitdinov va darvozabon Dilmurod Mamayusupov, “Lokomativ BFK” jamoasidan SHoxrux Baxromov, “Oq-tepa” jamoasidan Zafar Qoraqulov, “Zomin” jamoasidan Islom Bito'raev, “NBU Osiyo” jamoasidan hujumchi Avaz Raxmatullaevlar jamoaning yig'iniga kelib qo'shildilar.

Ilgari “Cementchi” tarkibida harakat qilgan va birinchi davrani “Yozyovon lochinlari” jamoasida o'tkazgan yarim himoyachi Davlatbek Yorbekov va 2015 yil Jizzaxning “Sug'diyona” jamoasi darvozasini qo'riqlagan, xozirda ikkinchi liga vakili “Bog'dod” jamoasi darvozaboni Doniyor Usmonovlar ham jamoa bazasiga etib keldilar. Ushbu o'yinchilardan tashqari yana bir qator yoshlar Toshkentning “Namuna” jamoasidan yarim himoyachi Davlat Rashidov, Toshkentning SHayxontoxur tumani jamoasidan yosh hujumchi Ibrohim Nomonov, Farg'onaning Oltariq tumanidan yarim himoyachi Ro'zmat Umrzaqov, Farg'ona BO'SMdan yarim himoyachi SHoxrux G'aniev, “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilaridan markaziy yarim himoyachi Abdulla Abdullaev, hujumchi Inomov Bilol, markaziy yarim himoyachi Ahmadjonov Otabek ham “Cementchi” yig'inida qatnashayotganini takidlash joizdir.

Murabbiylarning rejasiga ko'ra, yig'in davomida sinov-nazorat uchrashuvlarini ham o'tkazish ko'zda tutilgan. Xususan 17 iyul kuni Quvasoyda “Neftchi” yoshlar jamoasiga qarshi maydonga chiqilsa, 21 iyulda Qo'qonda “Qo'qon 1912” yoshlari bilan kuch sinashadigan bo'lib turibdi.
 
Zuhriddin Abdullajonov tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика