So’nggi yangiliklar

18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  2 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4

"CA"ning PFL oldidagi poziciyasi! Yangiliklar

"CA"ning PFL oldidagi poziciyasi!

Asosan o'zbek futboliga ixtisoslashgan saytimizni o'zbek futbolining bugungi holati juda qiynayapti.
Kecha hamkasblarimiz, toki, o'nglanmas ekan, qaytib o'zbek futboli haqida yozmasliklarini aytib o'tishdi. O'quvchilar esa bizdan ham shuni talab qilishdi. Agar biz ham shu yo'ldan borsak:

1. Avvalo bunga o'quvchilarning o'zi rozi bo'lmaydi, chunki hammaning o'z klubi haqida axborot o'qigisi keladi. SHundoq ham "Nega bizning klub haqida axborot yo'q?" deb noliydiganlar ko'p. Bunga avvalo siz rozi bo'lmaysiz.

2. Bu eng muhimi. Mabodo biz ular haqida yozmay qo'ysak, bu ular uchun ayni muddao. Ha, aynan ular uchun. Ularning vijdonini azoblaydigan maqola yozmasangiz, ularning aybini ko'rsatmasangiz, ularga yaxshi emasmi? Biz haqimizda yozmasalar ham mayli edi deydiganlar qancha. Viloyat jamoalariga boring, ko'rasiz, baxtimizga bizga TV kelmaydi deydigan klub qancha. Ishni nafaqat PFLdan, balki viloyat federaciyalaridan, maktablardan, tumanlardan ham boshlash kerak. Aynan o'sha erlarda bizni zaharli chivin chaqyapti, PFLga yara yiringlab kelyapti. Davo esa yo'q. Har qanday virusga qarshi chiqmang, u virus. Viruslarni esa yaxshilab tozalash kerak.

3. Avvalo bugungi OAV PFLga qarshi chiqishga tayyor emas. Beriladigan savollarning aksariyati isbot talab qiladi. Isbot esa yo'q.

4. Biz har doim ham qilayotgan ishlarimizni Sizga bayon qilavermaymiz. Bazi mutaxassilar bilan birmabir gaplashib, qilayotgan ishlari yaxshilikka olib kelmasligi, bu yakunda terma jamoaga qimmatga tushayotganini aytib kelamiz. Ularni ichida tushunayotgani ham bor. Maqolalarda nima uchun tasirli gaplardan foydalanamiz-u, nomlarni oshkor etmaymiz. Nomni oshkor qilsang, u sizni sudga bergisi kelib qoladi. Lekin nomini oshkor qilmagan, holda maqolada o'sha kishini chiroyli tasvirlab bersangiz, o'zi haqida yozilganini bilib turgan mutaxassisning vijdoni chunonam qiynaladi, asti qo'yaverasiz. Ishoning, bu ish beryapti. Kelib kechirim so'raganlar ko'payyapti. Biz ham shunchaki xabar berish bilan mashg'ul emasmiz.

5. Undan keyin nima uchun biron muammo bo'lsa, hamma saytlarga murojaat qiladi. Kechirasiz-ku, o'zbek futbolini davolash faqat 3ta sayt bo'ynida emas. TV bor, qolaversa daromad ko'rayotgan gazetalar bor. Ana o'shalarning tasir kuchi kattaroq. SHundoq ham o'zini zo'rg'a eplab yurgan saytlar imkon qadar ishlayapti. Bitta saytdan ikkinchi saytga, ikkinchisidan uchinchisiga koment tashlab, saytlar o'rtasida urush chiqarayotganlarni avvalo yo'qotishimiz kerak. Mana shunday illatlar ham bizning futbolimizga zarar bo'lib xizmat qilyapti. Siz-ku, bu erda ikkita sayt vakillarini urishtiryapsiz. Xuddi shunday tarzda, o'rtada gap tashlaydigan g'iybatchilar, murabbiy va mutaxassislar o'rtasida nizo keltirib chiqarishyapti. Bizning saytni olqishlamang, lekin tanqid ham qilishga haqqingiz yo'q. Biz ichimizdan nima o'tayotganini o'zimiz bilamiz. Mana Xayrulla Xoliqov hakamlar to'g'risida maqola yozganidan keyin "Mashal" unga chiqish eshiklarini ko'rsatishga majbur bo'ldi. Agar yana shunday maqolalar yozilishda davom etsa, "Mashal"ga qiyin bo'lishi haqida aytildi. Siz aksar hollarda tanqid qiladigan Xoliqov, aynan sizlar uchun ijod qilish maqsadida klubdagi faoliyatiga nuqta qo'ydi. Bu erda u "Mashal"ni ham o'yladi. Buni qaysi biringiz bilasiz, bir yil davomida qiynalib oilasini boqdi, birov unga 1 kg go'sht tashlfb ketdimi? SHunday ekan, internetchilardan ko'p narsa talab qilmang. Ular shundoq ham qalbini, ijodini, o'zini futbolimiz rivojiga "tikib" bo'lganlar.

Saytlar o'rtasida nizo keltirib chiqarayotganlar diqqatiga, men Olimxo'ja Bo'ronovni ham, Zafar Qosimovni ham birdek hurmat qilaman, inson va hamkasb sifatida. Bazan aytishuvlar bo'lib turadi. Lekin juda kam hollarda, buni fojeaga aylantirmang. Ko'pchilik murabbiylar bir-biri bilan ko'rishmaydigan bir davrda, biz vaqtimiz bo'lgan zaxoti haftada bir marotaba yig'ilib futbol o'ynaymiz.

6. Bu aytmoqchi bo'lganlarimning hammasi emas. O'zi shundoq ham sport shaharchasida juda ko'pchilik bayram qilib yurgan bir paytda, men aza tutib yuribman. Iltimos, bizlarni ham to'g'ri tushuninglar! Aynan shu xabarni chat qilganlar blok qilinadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика