CAFA Women’s Championship 2018: Ertaga Milliy stadionida matbuot anjumani o'tkaziladi
21 noy 2018 13:20
Yangiliklar


CAFA Women’s Championship 2018: Ertaga Milliy stadionida matbuot anjumani o'tkaziladi
Joriy yilning 23 noyabr - 1 dekabr kunlari Toshkentda CAFA Women’s Championship 2018 musobaqasi bo'lib o'tishi haqida avval xabar berib o'tgandik.
Ushbu musobaqada Qirg'iziston, Tojikiston, Afg'oniston, Eron va O'zbekiston ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi. Ertaga 22 noyabr kuni soat 12:00da "Milliy" stadionida barcha qatnashchi jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida musobaqa oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Matbuot anjumanida yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishlari mumkin.
«CAFA Women’s Championship 2018» musobaqasidan o'rin olgan barcha uchrashuvlar "Milliy" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar