CAFA Women’s Championship 2018: Bugun musobaqaning so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2018, 11:06
Bugun poytaxtimizda bo'lib o'tayotgan CAFA Women’s Championship 2018 musobaqasi o'z yakuniga etadi.

5-tur uchrashuvlarining dastlabkisida Afg'oniston terma jamoasi Tojikistonga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvni qirg'izistonlik Veronika Bernandskaya boshqarib boradi. Unga qanotlarda Jibek Oqil qizi va Malika Qodirova yordam berishadi. Zaxiradagi hakam – Jaleh To'fonpur (Eron).

Kunning ikkinchi o'yinida Eron terma jamoasi Qirg'iziston bilan kuch  sinashadi. Uchrashuvni o'zbekistonlik Husnora Jumaeva boshqarib boradi. Unga qanotlarda Aleksandra Konchikova va Xayriniso Erkinovalar yordam berishadi. Zaxira hakami – Habiba Rabaviketab (Eron).

Barcha o'yinlar Toshkentdagi “Milliy”  stadionda bo'lib o'tadi. O'yinlardan so'ng stadionda g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.
 
CAFA Women’s Championship 2018
1 dekabr, shanba

13:00 Afg'oniston - Tojikiston
16:00 Eron – Qirg'iziston

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz