CAFA Women’s Championship 2018: Bugun 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2018, 09:45
Poytaxtimizda CAFA Women’s Championship 2018 musobaqasi davom etmoqda. Bugun turnirning 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Kunning birinchi o'yinida Qirg'iziston terma jamoasi O'zbekistonga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 13:00da boshlanadi. O'yinni eronlik Surur Saidiy boshqaradi, unga qanotlarda Habiba Rabaviketab va Jolih To'fonpur yordam berishadi. Zaxira hakami Veronika Bernadskaya (Qirg'iziston).

Ikkinchi o'yinda Tojikiston terma jamoasi Eron bilan kurash olib boradi. O'yin soat 16:00da boshlanadi. Uchrashuvni o'zbekistonlik Husnora Jumaeva boshchiligidagi hakamlar boshqarishadi. Unga qanotlarda Aleksandra Konchikova va Xayriniso Erkinova yordam berishadi. Zaxira hakami - Malika Qodirova (Qirg'iziston).
 
CAFA Women’s Championship 2018
29 noyabr, payshanba

13:00 Qirg'iziston  –  O'zbekiston
16:00 Tojikiston – Eron

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz