CAFA U-15. O'zbekiston qizlar terma jamoasi Tojikistonni mag'lubiyatga uchratdi
21 may 2024 22:33
Yangiliklar


CAFA U-15. O'zbekiston qizlar terma jamoasi Tojikistonni mag'lubiyatga uchratdi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 15 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida o'tkazilayotgan CAFA turnirining 1-tur o'yinlari o'tkazildi.
Musobaqaning dastlabki turida O'zbekiston U-15 qizlar terma jamoasi Tojikistonni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Jamoaning gollariga Mohina Akbarova va Mehrangiz Hamidova mualliflik qildi.
Guruhning yana bir qarama-qarshiligida Eron Qirg'iz Respublikasini 5:1 hisobida dog'da qoldirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar