So’nggi yangiliklar

18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  11 18:37Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  0 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  13 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  23 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  11 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  0 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  14 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4

CAFA U-15 Boys Tournament: Afg'onistonga yutqazgan O'zbekiston o'smirlari termasi kumush medallarga sazovor bo'ldi Yangiliklar

CAFA U-15 Boys Tournament: Afg'onistonga yutqazgan O'zbekiston o'smirlari termasi kumush medallarga sazovor bo'ldi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol associaciyasining CAFA U-15 Boys Tournament xalqaro turniri o'z yakuniga etdi.

Musobaqaning so'nggi kunidan o'rin olgan o'yinlardan birida mezbon Tojikiston o'smirlar termasi Turkmaniston U-15 futbolchilari bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida zafar quchdi.

Turnir g'olibligi uchun kechgan bahsda esa Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar termasi afg'onistonlik tengdoshlariga qarshi bellashdi. Gollarga boy o'tgan o'yinda Afg'oniston o'smirlar terma jamoasi 3:2 hisobida g'alaba qozonib, o'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra CAFA U-15 Boys Tournament g'olibiga  aylandi.



O'zbekistonlik futbolchilar kumush medallarga sazovor bo'ldi.





Qayd etish joiz, o'zbekistonlik futbolchi Bo'ronbek Mirzasalimov musobaqa davomida raqiblar darvozasiga jami 5 ta gol kiritib, turnir to'purariga aylandi.



Tojikistondagi musobaqada O'zbekiston o'smirlar termasining ikkinchi jamoasi qatnashganini alohida qayd etish joiz. Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-15 asosiy terma jamoasi 13–17 iyun kunlari Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi tufayli mamlakat o'smirlar termasining ikkinchi jamoasi tashkil qilindi.

CAFA U-15 Boys Tournament xalqaro turnirida o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olgan, ishonchli o'yin namoyish qilgan futbolchilar Dilshod Nuraliev tomonidan O'zbekiston o'smirlar termasining asosiy jamoasiga taklif qilinishi mumkin.

CAFA U-15 Boys Tournament
Tojikiston, Dushanbe
8 iyul, shanba

O'zbekiston U-15 – Afg'oniston U-15 - 2:3

Gollar
: Samir Samandari, 6 (1:0). Husain Norchaev, 39 (1:1). Ahmad Tamim Mirzoda, 48 (2:1). Sayes Afhar Husayni, 78 (3:1). Alibek Davronov, 83 (3:2).

Ogohlantirishlar: Ahmad Tamim Mirzoda (49), Fardin Naseri (90+4), Muhammad SHarifi Aminzoda (90+5)

O'zbekiston U-15: Sarvar Yo'ldoshev (Anvar Nazirov, 78), Foziljon Pirimqulov (Jasurbek Qahhorov, 63), Abdumutal Rajabboev, Bektemir Abdumannonov (Abduvohid G'aniev, 80), Sultonbek Nekboev, Javohir Abdualimov, Diyor Xolmatov (Abdujabbor Zuhriddinov, 75), Bo'ronbek Mirzasalimov (Saidumarxon Sodiqov, 58), Davron Alibekov, Ikrom Erkinov, Husain Norchaev.

Afg'oniston U-15: Muhammad SHarifi Aminzoda, Muhammad Amin Nizomi, Abdulmunir Hazrati, Sajald Ali Halili, G'ulom Yaxyo Xedri, Samir Samandari, SHerzod Fayzuddin, Muhammad Xarun Nosiri (Rahim Husayni, 90+2), Ali Zohidi, Ahmad Tamim Mirzoda (Sayes Afhar Husayni, 61), Fardin Naseri. 

#

Jamoa

O'

G'

D

M

T/N

O

1

Afg'oniston

4

3

0

1

9-5

9

2

O'ZBEKISTON

4

3

0

1

12-7

9

3

Turkmaniston

4

2

0

2

7-9

6

4

Qirg'iziston

4

1

0

3

4-8

3

5

Tojikiston

4

1

0

3

5-8

3


Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика