"CA"da fotomaqola: "Bunyodkor" - "Neftchi" 1:1
06 iyu 2014 15:20
Yangiliklar
"CA"da fotomaqola: "Bunyodkor" - "Neftchi" 1:1
Kecha "Neftchi" o'z tarixida birinchi marotaba safarda "Bunyodkor"dan ochko oldi. Bugungi kunda "Neftchi"dagi vaziyatdan norozi bo'layotgan muxlislarni to'g'ri tushungan holda, ulardan yana ozgina chidashlarini so'raymiz. Fyodorov, Lebedev, Raimjonov kabi mutaxassislar bilan Ismoilovdan nimanidir kutsa bo'ladi. "Olmaliq"ni shakillanishiga ham ancha vaqt ketgan. Demak, fotomaqolamizni tomosha qiling.
SHerzod Raimjonov va Andrey Fyodorov. Ayni paytda Fyodorovda kerakli licenziyaning yo'qligi bois u muxlislar o'rindig'ida o'tirishga majbur. Fyodorovdan shahsan o'zimni ham umidim katta. Lekin jamoada bironta ishni qoyillata olmay, keyin ularni gap qilib yurganlar ko'payib ketdi. Hattoki komentlarda ham suniy yuzerlar paydo bo'ldi. Bizni alday olmaysizlar!
Kechagi o'yin qahramonlari. Samimiy manoda. Muhamedovning guruhi aytarli xatolarga yo'q qo'ymadi. O'yinda borligi ham bilinmadi. Hakamlarni tanqid qilishni bilgan, maqtashni ham bilish kerak. Haqiqatdan ham o'yinni odilona boshqardi.
"Paxtakor"dan ijaraga olingan, asli farg'onalik Abdullox Olimov bu yil "Neftchi"ning asosiy tarkibidan muqim joy topa oldi. Bu futbolchi Turkiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan edi.
Gol ura olmayotgan jamoasi safida o'zgartirish kiritgan Lushanning "Bunyodkor"dagi rejalari katta ekan. Avvalo himoyada jiddiy o'zgarish qilishni rejalashtirayotgan mutaxassis, uning talabiga javob bermaydigan futbolchilar bilan xayrlashishini aytib o'tdi.
Bu tasodifiy surat. Aslida Ismoilov suv idishini erga kuch bilan otdi va suv huddiki undan chiqayotgandek ko'rinish hosil qildi. Kechagi durang, uning tanqidchilari uchun munosib javob bo'ldi.Kim nima desa, desin-u, ammo 35-raqamdagi Murodbek Bobojonovni maydonga tushirish aynan uning qarori edi. Uchrashuvdan keyin suhbatlashar ekanman, "shu bolani tushirishni yurak aytib turgan edi", - deydi Murod Ismoilov.
Uchrashuvning, nafaqat uchrashuvning, balki turning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga arziydigan o'yin qilgan G'ayrat Hasanov. Juda ham hazilkash inson. "So'g'diyona" bilan bo'lib o'tgan o'yindan keyin muxlislardan uzr so'ragan Hasanov kechagi o'yinning birinchi bo'limida qanday zarbalarni qaytardi-ya? Bu posbonning bir odati bor, bir tursa yomon turib qo'yadi. Bir odatim bor, ikki bo'lim ham bir erda turib rasm olaman. Birinchi bo'limda "A" jamoaning hujumlarini olsam, ikkinchisida "B" jamoani. Kecha ikkinchi bo'limda G'ayrat Hasanov qo'riqlayotgan darvoza tomonda turdim.
- Nodirbek, qalaysiz? (Bu paytda darvozabon aslida to'pni maydonga kiritishi kerak)
- Yaxshi, o'ziz qalaysiz, ammo o'yin chakki emas!
Bir payt hakam kelib, G'ayrat, o'yinni cho'zma, ogohlantirish beraman dedi.
Hasanov: - Aka charchayapmiz endi, birinchi bo'limda faqat bizga hujum bo'ldi.
Hasanovni suhbatini olgan odam, kulaverib dumalab qoladi.
Hullas fotomaqolamiz mana shulardan iborat edi.
Nodirxo'ja Yuldashev
Fikrlar