"CA" va "Lokomotiv" o'rtasida yangi loyiha!
20 iyu 2016 16:19
Yangiliklar
"CA" va "Lokomotiv" o'rtasida yangi loyiha!
"Lokomotiv" futbol klubi hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov uchun bu mavsum ancha sermazmun o'tmoqda. Abduxoliqov ham Osiyo chempionlar ligasida, ham oliy ligada, ham O'zbekiston Kubogida gollar urib jamoasiga katta foyda keltirmoqda.
Biz hujumchi bilan qiziqarli suhbat o'tkazishni mo'ljallab turibmiz. Loyihada, Siz - muxlislar ham o'z savollaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. Agar sizda Temurxo'jaga anchadan beri berishni xohlayotgan birorta savolingiz bo'lsa, uni bizga yo'llashingiz mumkin.
Savollar to'rt xil yo'l bilan qabul qilinadi.
1. "Lokomotiv" jamoasining "Feysbuk"dagi rasmiy saxifasida.
2. "Lokomotiv" jamoasining "Instagram"dagi rasmiy saxifasida.
3. www.championat.asia saytining fikr qoldirish bo'limida (Faqat mana shu xabar tagida)
4. www.championat.asia saytining "Feysbuk"dagi rasmiy saxifasida.
Eslatma: Eng yaxshi savol egasiga Temurxo'ja Abduxoliqovning sovg'asi bor.
Fikrlar