So’nggi yangiliklar

10:26"Бунёдкор" ярим ҳимоячиси "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Бугун U-17 Осиё кубогига қуръа ташланади  0 09:35"Ал Аҳли" Винисиус Жуниор учун 350 миллион евро таклиф қилишга тайёр  4 09:05“Машъал” жамоасининг украиналик ёрдамчи мураббийи Микола Тишченко клубни тарк этди  0 08:40Про-лига дебютанти ўз етакчиси билан шартномани узайтирди  0 08:15"Бунёдкор"дан кетган дарвозабон фаолиятини Осиёда давом эттиради   2 07:45Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   47 07:15МАҚОЛА. Катанецнинг терма жамоадаги фаолияти қандай кечди?   48 03:10ЕЧЛ. "Бавария"да йирик мағлубият, "Арсенал" ва "Милан"да ғалаба ва бошқа натижалар  11 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" кутилмаганда икки тўп фарқини бой берди ва ПСЖга мағлуб бўлди  79 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" "Зальцбург"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  62 00:37Нима? Саудияликлар Винисиус учун "Реал"га 350 млн евро таклиф қилишмоқчи!  21 23:39"Барселона" икки нафар асосий ўйинчиси билан 2030 йилга қадар шартнома имзолайди  3 23:05Европа лигаси. Сульшернинг дебют ўйинида "Бешиктош" "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 22:41Рафинья Ла Лигадаги ҳакамлик ҳақида: "Ўйлаётган нарсамни гапирадиган бўлсам, бошқа бу ерда ўйнамаслигим мумкин"  16

"CA" tarbiyalanuvchisi, "Neftchi"ning yangi matbuot kotibi! Yangiliklar

"CA" tarbiyalanuvchisi, "Neftchi"ning yangi matbuot kotibi!

Kuni kecha "Neftchi" jamoasida bo'lib o'tgan o'zgarishlar, jamoaning matbuot xizmatiga ham tasir o'tkazmay qolmadi.
Yarim yildan ortiq vaqt davomida klubda faoliyat olib borgan Abror Dehqonov o'rniga birinchi ligani yoritish borasida saytimizning asosiy kuchi bo'lgan Islombek Rustambekov yangi matubot kotibi etib tayinlandi.

Kimlar uchundir bu oddiy xabar bo'lishi mumkin, ammo men uchun emas.

Bundan 2 oy avval yana bir xodimimiz Humoyun Dovurov "Mashal" jamoasi matbuot kotibi etib tayinlandi. Bir yil oldin Tolibjon Qosimov "Istiqlol" jamoasiga aynan shu lavozimga ishga kirdi. Xuddi shunday Jizzaxdan Umid Raimjonov yakunda "So'g'diyona" klubi matbuot bo'limida ish boshladi. Abror Qodirov esa "Lokomotiv"da ish boshlashga yaqin turibdi.

Bugunga kelib saytimizdan etishib chiqqan matbuot kotiblarining soni 5 nafarga etdi. Albatta, bundan saytimiz azolari juda xursand. Hech bo'lmasa shu yo'l bilan O'zbekiston klublariga yordamimiz tegayotganidan mamnunmiz.

Bu xodimlarimizni kelajakda jurnalistika bo'yicha faoliyat olib borishni istayotgan yoshlarga o'rnak qilib ko'rsatishimiz mumkin. Saytimizning jonli ko'rinish olishi, xodimlarning voqea joyida faoliyat olib borishlari, nazarga tushishlariga sabab bo'lyapti. Saytimiz esa ularga tramplin vazifasini bajarib berayotgani quvonarli hol bo'lsa kerak.

Endi "Neftchi" jamoasi bilan yo'lga qo'yadigan loyihalarimiz soni ko'p bo'ladi. Bu esa farg'onalik o'quvchilarga yoqishi aniq.

Kechagidek yodimda, Humoyun saytda oddiy "kommentchi" edi. "Inyaz" niki bilan fikr qoldirardi. Sekin-asta intervyu qilishga o'tdi, keyin birinchi liga. Islombek esa nuqul aka, sizga havas qilaman derdi. Men esa unga menga havas qilmasdan ishlasang, mendan ham o'tasan deb javob qaytarganman. Unda nimani maslahat berasiz deb savol berdi. Birinchi ligani boshidan oxiriga qadar yoritasan.

Tolibga esa mini futbolni qo'sh-qo'llab topshirdim. Natijalar chakki emas.

Sizda ham saytimiz orqali yuksalish va futbol jurnalistikada o'z o'rningizni topish imkoni bor. Lekin buning uchun vaqt va sabr kerak.

Agar kimda kim saytimiz bilan hamkorlik qilishni istasa, asia@championat.asia saytiga xat yozing.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика