"CA" Superligani keng qamrovda yoritishda davom etadi
15 mar 2018 14:34
Yangiliklar
"CA" Superligani keng qamrovda yoritishda davom etadi
Bo'lib o'tgan o'yinlar orasida qiziq kechgan bellashuvlar ham, zerikarli bahslar ham ko'zga tashlandi. Stadionga borishga vaqti yoki imkoni bo'lmayotganlarga o'yinlarning "Sport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilayotgani ham ayni muddao bo'lyapti.
SHu qatorda saytimiz ijodkorlari Surperligani imkon qadar yaxshi yoritib borishga harakat qilmoqda. Esingizda bo'lsa, mavsum boshlanmasidan oldin "SA" Superligani yangicha formatda yoritadi mavzusida maqola chop etgandik. Unga ko'ra, har bir turni keng va qiziqarli yoritish maqsadida turli nominaciyalar bo'yicha turning eng yaxshilarini berib boryapmiz.
Xususan, turning eng yaxshi futbolchisi, eng chiroyli gol muallifi, tur murabbiyi, tur o'yini, tur matbuot xizmati, tur hakami, tur iqtibosi, eng yaxshi darvozabon, tur muxlislari, tur fotosi, eng qiziqarli bahs, turning eng zerikarli o'yini va hokazo. Bundan tashqari, har bir o'yindan so'ng futbolchilar harakatini 10 ballik tizimda baholab borayotganimizdan xabaringiz bor.
Qolaversa, tur o'yinlari yakuniga etgach, "SA" talqiniga ko'ra ramziy terma jamoani ham elon qilyapmiz. Albatta, bu bizning versiya va bunga kimdir qo'shilishi, kimdir qo'shilmasligi mumkin. CHunki futbolni har kim turlicha ko'radi. SHuni aytmoqchimizki, biz bundan keyin ham Superligani, qolaversa 25 martdan boshlanadigan Pro-ligani muxlislarga yoqadigan tarzda yoritib borishga harakat qilamiz.
SHunday ekan, bizni kuzatishda davom eting. Negaki biz faqat Sizlar uchun ishlaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar