"CA" mehmoni Akbar To'raev! Bozordan, maydongacha...
20 iyu 2014 13:09
Yangiliklar
"CA" mehmoni Akbar To'raev! Bozordan, maydongacha...
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Akbar To'raev "CA" mehmoni bo'ldi.
Kolumbiya - Kot-d'Ivuar (2:1) uchrashuvini biz bilan ko'rgan darvozabon, tanaffus paytida muxlislardan kelgan savollarga javob qaytardi.
MTJ:
– Akbar, Cizni men juda yaxshi bilaman, Siz juda kamtar va sabrli bolasiz. Hech qachon asabiylashganingzni ko'rmaganman. Gol o'tkazganingizda aybni himoyachilardan izlamaysiz!? Bu darajadagi bosiqlikni ustozlaringizdan o'rganganmisiz?
– Bilmasam, menimcha bosiqlik oyimdan o'tgan bo'lsa kerak. Gol o'tkazishga kelsak, qaerdadir xato qilganmanki, himoyachilar meni tushunishmagan, shuning uchun ayb o'zimda. Bu borada ustozim Abdusattor aka ham aytadilar. Lekin ja unaqa "spokoyni" emasman, o'yin chiqmasa baqirib tashlayman. Lekin muxlislarga to'la stadionlarda o'ynash mazza.
Abrσr SลγγσÐ φลŋ φσrυო:
– Tasavvur qiling JCHda ilk o'yinda asosiy tarkibdasiz. Madhiya yangradi. Akbar To'raevni qalbida qanday hislar o'tardi?
– Yig'lasam kerak, bugungi o'yindagi afrikalikka o'xshab. Buni bir so'z bilan aytib bera olmayman, bunday paytlar, vatan uchun g'ururlanib ketasiz. Vetnamda Suriya bilan o'yinda asosiy tarkibda turgan edim, o'shanda baqirib madhiyani aytganman. O'yinga ketayotganimda, oyim, balki darvozada sen turarsan shu o'yinda deb duo qilgan edilar.
Goldstar:
– Sizga ikkita savolim bor, Lushan kelganidan keyin "Bunyodkor"ni o'yini kuchaydi. Gap murabbiydami yoki o'yinchilarda? Siz mavsum boshida asosiy darvazoban edingiz, Volkov kelganidan keyin 2ta o'yinga tushib, keyin umuman yo'qolib qoldingiz. Lushan kelib yana asosiy tarkibdan joy oldingiz?
- Ko'rinmay ketganim sababi, "Navbahor" bilan o'yinda SHahboz Erkinov bilan to'qnashib ketib elkamdan jarohat olgan edim. SHu boisdan bazi o'yinlarda ukol bilan o'ynadim. Lushan haqida, faqat taktika o'zgarganini aytishim mumin. Taktikamiz 4-3-3 ko'rinish olyapti.
Ulugbek_Abdullayev:
O'zingiz orzuingizdagi terma jamoani tuzib bersangiz, o'zbekistonlik futbolchilar orasidan.
– Pavel Bugalo, u O'zbekistonning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan yagona posbon. CHap qanotga Sahob Jo'raev, texnikasi kuchli. O'rtaga Baxtiyor va Xauyrulla akalarni (Ashurmatov va Karimov). O'ngga SHorahmedov. Yarim himoyaga, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Mirjalol Qosimov. Qanotlarga Jasur Hasanov va Viktor Karpenkoni qo'yaman. Hujumimda birgina Maksim SHackix. Taktikam, 4-5-1.
Soxa:
– Futbolga kirib kelishingizga kim sababchi bulgan va nima uchun aynan futbolni tanlagansiz?
- Tug'ilishim bilan futbol qonimda bor edi. Dadam futbolchi bo'lganlar, “Paxtakor”ni o'rinbosarlarida o'ynaganlar. 1952 yil tavallud topganlar, 70 yillarda to'p tepganlar. Bir marotaba Bloxin to'p tepayotgan Sobiq ittifoq o'smirlar terma jamoasiga chaqirilganlar. Viktor Jalilov, Vladimir Fyodorov, Mixail An kabi futbolchilar bilan bir sinfda o'qiganlar. Afsuski tizzalaridan og'ir jarohat olganlar. Aslida ota-onam maslahatlashib meni tennisga berishgan, unda 6 yosh edim. Bir, bir yarim yil mashg'ulot o'tkazganimdan keyin, yig'lab futbolga o'tib ketganman. CHunki tennis ham "Paxtakor" Markaziy stadionida edi, uyga qaytayotganimda "Paxtakor" futbolchilari mashg'ulot o'tkazar edilar.
Muxiddin Xolikov 5.
– O'yin vaqtida negadir jiddiy qiyofaga kirasiz. Aniqrog'i o'yin vaqtida chexrangiz nega o'ta tund holatda bo'ladi?
– Endi kulib yurmaymanku (kuladi), har bir o'yinning salobati bor. Balki yuz qiyofam shundaydir?!
Sober Brilliant:
– Dunyo futbolidagi qaysi himoyachilar bilan bir termada o'ynashni orzu qilgan bo'lardingiz?
- Maldini, Yap Stam, Maykon va Roberto Karlos. U siz himoya bo'lmasa kerak, hattoki uyimda katta plakati bo'lar edi.
"DAVR" FK-25:
– Akbar siz ushbu va boshqa futbol saytlarini kuzata turib o'quvchilarning futbolchilar va futbolimiz xaqida yozayotgan fikrlarini qanday qabul qilasiz?
– Bazi fikrlar kulguli bo'ladi va kulib qo'yamiz, ayrimlarnikini jiddiy. Agar o'zimga yozilganlari bo'lsa, to'g'ri qabul qilaman, agarda to'g'ri tanqid bo'lsa. Hozircha unday bo'lmadi (kuladi).
Alisher.Yu # 77:
– Akbar To'raev aslida boshqa ishda ishlar ekan va bu futbolchilik davringiz faqat tushingizda bo'lib uyg'onib ketsangiz nima qilasiz?
– Inson hamma narsaga tayyor turishi kerak. CHunki meni 16-17 yoshimda “Paxtakor” bilan sal muammoim bo'lgan edi. Yani o'tish davrida jamoasiz qolganman. Hech bir jamoada to'p tepa olmay qoldim. Zavodda ishladim, Zangiota tumanida baklajka ishlab chiqaradigan zavodda suvoqchilik ham qilganman, erkak kishi hamma narsaga tayor bo'lishi kerak. Otchopar bozorida disk sotganman. Zavodda qorovulchilik ham qildim. Sababi oilamizda moliyaviy imkoniyat zo'r emas edi. Mehnatdan qochmaganman, qochish ham kerak emas, shuningdek ishing halol bo'lsa, qilayotgan mehnatingdan uyalish ham kerak emas.
FCNavbahor.LB:
– Bilamizki, futbolchi maqsadsiz hech nimaga erisha olmaydi. Siz oldingizga qanday maqsadlar qo'ygansiz? Yana bir savol, nima uchun darvozabon bo'lgansiz, aytmoqchimanki darvozabon bo'lishga qiziqarmidingiz yoki sizga murabbiyingiz darvozabon bo'lishni tavsiya etganmi?
– Aslida har bir posbonning birinchi maqsadi asosiy tarkibga kirish, eng katta maqsadim esa Angliyada o'ynash. O'zim “Liverpul”ning ashaddiy muxlisiman. Bu jamoada o'ynashni orzu qilaman. 7 yoshimda Baxtiyor Nuraliev qo'l ostida shug'ullanganman. Dastlab, 1988 yilda tug'ilgan futbolchilar safida qanot himoyasida o'ynadim. So'ngra markazda, yarim himoyada va hujumda ham o'ynaganman. Asosiy darvozabonimiz Rossiyaga ketib qolgani uchun murabbiy meni darvozaga qo'ygandi. O'sha o'yinda o'zimni ko'rsatganim uchun darvozani qo'riqlashda davom etganman. Hattoki bir vaziyatda penalti qaytarganman.
Keyin savollarni Xayrulla Xoliqov berdi:
– Eldor Suyunov sizga raqobatchimi?
– Do'st! U bilan juda yaxshi munosabatdaman, raqobat esa hamma erda bor, bizning o'rtamizda u sog'lom ko'rinishda.
– Oliy ligada 7ta o'yinda maydonga tushdingiz, raqib safida haqiqatdan ham sizga muammo tug'dirgan futbolchi bo'ldimi?
– Aniq bir futbolchini ko'rsata olmayman, yaqinda Lushan bir gapni aytdi, sen 20ta o'yinchiga qarshi futbolchiga o'ynaysan, shunday bo'lishi mumkin, o'zingni jamoangdan kimdir gol urib qo'yishi mumkin.
– O'z xatoingiz bilan gol o'tkazib yuborsangiz, qanchalik tez o'nglanasiz?
– SHunday vaziyatda oldinda turgan futbolchilar kelib qo'llab-quvvatlab ketsa, yana tetiklashasiz. Bu yil “Olmaliq” bilan o'yindagi gol alamli bo'ldi, penaltini qaytargan bo'lsamda, qayta berilgan zarbadan keyin to'pni o'tkazib yubordim.
Eng yaxshi savol Xayrulla Xoliqovniki bo'ldi... Hazil... "Abrσr SลγγσÐ φลŋ φσrυო" istagan payti kelib "FIFA.uz" futbolkasini olib ketishi mumkin.
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar