So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  2 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  8 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  3 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

"CA" "Kelajak Yulduzlari - 2015" futbol festivalini o'tkazadi Yangiliklar

"CA" "Kelajak Yulduzlari - 2015" futbol festivalini o'tkazadi

"Oreo" savdo brendi hamkorligida o'tkazilinadigan mazkur festival 11/13 - noyabr kunlari "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalarining mini futbol zallarida bo'lib o'tadi.

Toshkent shahar FF bilan hamkorlikda o'tkazilinayotgan birinchi festivalimizda 2006 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat 4ta jamoa ishtirok etadi. Bular, "Bunyodkor",  "Lokomotiv", "Paxtakor" va "Spartak".

Festivalning birinchi kuni yakuniga etganidan so'ng, "Start" savdo brendi tomonidan bolalar poytaxtimizdagi "Mega Cinema" kinoteatrida madaniy hordiq chiqaradilar. Ikkinchi kundan o'rin olgan tur uchrashuvidan so'ng "Bunyodkor" stadionining muzeyiga sayohat qilinadi va u erda yosh futbolchilarga faxriylarimiz hamrohlik qiladilar. SHuningdek, ular "Bunyodkor" akademiyasini ham tomosha qilish baxtiga sazovor bo'ladilar.

Festivalning uchinchi kuni ham bekor ketmaydi. Final o'yinidan keyin "Samarqand Darvoza" gippermarketining to'rtinchi qavatidan o'rin olgan ko'ngilochar kompleks bolajonlar ixtiyorida bo'ladi. 

Bu hali hammasi emas. Har bir tur o'yiniga futbolimiz yulduzlari tashrif buyuradilar, tabiiyki bu yosh futbolchilarning futbolga bo'lgan mexrlarini yanada kuchaytiradi. So'nggi tur o'yinlariga MTJ yulduzlarining tashrif kutilyapti. Ular amplualar bo'yicha yaxshi tomonlarini ko'rsata olgan yosh futbolchilarga o'zlari to'p tepadigan klub liboslarini taqdim etadilar.

SHuningdek, "Akfa Olami" brendi tamonidan 6ta uchrashuvning har birida "eng yaxshi futbolchi"ga (Man of the Match) uyali telefon sovg'a qilinadi.

Har bir uchrashuv yakuniga etganidan keyin "Saltanat" savdo brendi tomonidan taqdim etilgan vitaminlarga boy ichimlik esa futbolchilarga taqdim etiladi.

Texnik hamkorimiz "Joma"dan har bir jamoaga, o'yin oldi mashg'ulotlar uchun maxsus futbolkalar beriladi.



Musobaqa taqvimi:

11 noyabr. "Paxtakor - Yoshlik" sport majmuasi

10:00. "Paxtakor" - "Lokomotiv"

11:00. "Bunyodkor" - "Spartak"


12 noyabr. "Bunyodkor" sport majmuasi

10:00. "Bunyodkor" - "Paxtakor"

11:00. "Spartak" - "Lokomotiv"


13 noyabr. "Paxtakor - Yoshlik" sport majmuasi

10:00. "Lokomotiv" - "Bunyodkor"

11:00. "Paxtakor" - "Spartak"

12:00. Taqdirlash marosimi.

Musobaqada birinchi va ikkinchi o'rin egalariga shartli ravishda oltin va kumush medallar hamda kubok topshiriladi. Uchinchi va to'rtinchi o'rin egalariga esa bronza medallariga qo'shib kubok tuhfa etiladi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика