"Byornli" SHon Daychni ishdan bo'shatdi
15 apr 2022 19:04
Yangiliklar
SHon Daych "Byornli" bosh murabbiyligidan istefoga chiqarildi.
Klub 50 yoshli mutaxassis va uning murabbiylar shtabi ishdan bo'shatilganini elon qildi.
Daych 9 yil-u 166 kundan buyon "Byornli"da faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bu APL amaldagi murabbiylari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkichdir.
Daych qo'l ostidagi "Byornli" 2 marta CHempionshipdan APLga ko'tarildi va 51 yilda ilk bor evrokuboklar (2018/19 yilgi mavsumda Evropa Ligasi)ga yo'l oldi.
Jamoa ushbu mavsumda 30 o'yindan keyin 24 ochko to'plab, 18-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar