So’nggi yangiliklar

01:04"Пахтакор" ёшлари Қатар U-20 термасига қарши назорат ўйинини ўтказди  0 00:55"Ливерпуль"га "Интер" ҳимоячиси керак  1 00:33Саудия Арабистони. "Ал Насср"дан йирик ғалаба, Роналдудан 961-гол!  1 00:16"Айнтрахт"га янги бош мураббий тайинланди  1 23:46Инсинье собиқ жамоасига қайтди  2 23:14"Милан" футболчиси "Рома"га ўтиши мумкин  0 22:58Ҳусанов 2-ўринда: ЕЧЛнинг умумий гуруҳ босқичидаги энг тезкор футболчилар маълум қилинди  11 22:33"Манчестер Сити" Оскар Боббни сотиб юборди  1 22:16Флик: "Барселона"нинг мақсади - барча совринларни ютиш"  6 21:50Ўзбекистон U-17 Хитойни мағлуб этди  3 21:35Расман: "Барселона" Фермин билан шартномани узайтирди  2 21:13"Ювентус" колумбиялик юлдузни олиб келмоқчи  1 20:42Ўзбекистон терма жамоаси "Урарту"ни мағлуб этди  31 20:26Каррагер "Ливерпул"нинг Чемпионлар Лигасидаги имкониятлари ҳақида баёнот берди  1 19:34Стерлинг ЕЧЛда иштирок этаётган 7 клуб билан музокаралар олиб бормоқда  0

"Buyuk daniyalik" - Peter SHmeyxel! Yangiliklar

"Buyuk daniyalik" - Peter SHmeyxel!

Ertaga daniyalik sobiq darvozabon Peter SHmeyxel o'z tavallud ayyomini nishonlaydi.

SHu munosabat bilan afsonaviy darvozabon haqidagi malumotlarni siz azizlarga taqdim etishga qaror qildik.

Peter Boleslav SHmeyxel - 1963 yilning 18 noyabrida Daniyaning Gladsakse shahrida tug'ilgan. Kelib chiqishi polshalik bo'lgan Daniya terma jamoasi darvozaboni."Manchester Yunayted"dagi o'yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanish. 1992 yili Evropa chempionligini qo'lga kiritgan. "Lester" darvozaboni Kasper SHmeyxelning otasi. Laqabi - "Buyuk daniyalik".

U bolaligida musiqaga qiziqardi. Maktabda ham rok guruhlar to'garaklarida ishtirok etar va faoliyatini musiqaga bag'ishlashni orzu qilardi. Futbol esa ikkinchi raqamli xobbi esa Peter uchun. O'shanda u "Gladsakse" jamoasida o'ynardi. SHuningdek, gandbolga ham qiziqardi. Biroq, murabbiyning talabiga binoan u faqat futbolchilik faoliyatini tanlagan.

U moliyaviy va ruxiy tomonlama muammolar borligiga qaramay "Gladsakse"dan "Vidovre"ga, keyinroq esa "Brondbyu" safiga borib qo'shiladi. "Vidovre" safida u avvaliga hujumchi sifatida o'ynagan va 6 ta gol kiritishga ham ulgurgan. Keyinroq esa darvozabon bo'lishga qaror qiladi. Daniyalik yosh posbonga 1987 yilda Angliya tomonlardan qiziqish paydo bo'ladi va uning oldiga "Nyukasl Yunayted" vakillari tashrif buyuradilar. Biroq, ular yakunda Peterni tajribasiz degan qarorga kelganlar va uni sotib olmaslikni maqul ko'rishgan. 1991 yilda esa "Manchester Yunayted" uni o'z safiga qo'shib oladi. Turli manbaalarga ishonadigan bo'lsak, o'shanda "qizil iblislar" uning transferi uchun 500 mingdan 800 ming funtgacha pul to'lashgan. Ser Aleks Fergyuson esa ushbu transferni "asr transferi" deya baholagandi.



Aynan shu erga kelibgina Peter ko'zga ko'rinarli muvaffaqiyatlarga erisha boshlaydi: 1994 va 1996 yillarda "Manchester Yunayted" bilan "oltin dubl" qilgan. 1999 yilda esa "trebl" amalga oshirilgan. O'sha mavsumda Angliya chempionati, Angliya kubogi va Evropa chempionlari ligasi bosh sovrinlari qo'lga kiritilgandi.

U darvozabonligiga qaramay, gollar kiritib ham turardi 1995 yilning 26 sentyabrida UEFA Kubogi doirasida MYU o'z maydonida Rossiyaning "Rotor" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Javob o'yini. O'shanda manchesterliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib turgandilar. O'yin so'nggida hakam burchak zarbasi belgilaydi. Raqib jarima maydonchasi ichiga yugurib borgan SHmeyxel o'shanda Rayan Giggzning uzatmasini golga aylantira olgandi. To'g'ri, ikki o'yin natijasiga ko'ra keyingi bosqichga "Rotor" yo'l olgan. Biroq, ushbu gol MYU tarixidagi eng mashhur gollardan biri sifatida qolgan.

"Qizil iblislar" bilan qo'lga kiritgan eng nufuzli sovrini esa shubhasiz 1999 yilgi CHempionlar ligasi sovrini bo'lgan. Finalda "Bavariya"ga qarshi o'yinda Peter gol o'tkazib yuborgan bo'lsada, ko'plab vaziyatlarda jamoasini qutqarib qola olgan. So'nggi daqiqalarda esa raqib jarima maydoniga yugurib borib, jamoasiga hisobni tenglashtirishga yordamlashib yuborgan. Keyinchalik MYU g'alaba to'pini kiritib bosh sovrin egasiga aylanganini esa juda yaxshi bilasiz. O'yindan so'ng Aleks Fergyuson CHempionlar ligasi kubogini aynan Peter SHmeyxel bilan birga ko'targan.



1999 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng muxlislar va jamoadoshlarning gap-so'zlariga qaramay, 36 yoshli posbon jamoani tark etishga qaror qiladi. Angliya futbolidagi yuqori tezlik, zich taqvim qahramonimizni "tinchroq" joyga borib futbol o'ynashga undaydi.

"Sporting" bilan birgalikda u Portugaliya chempionligini qo'lga kiritgan. Oradan vaqt o'tib esa kutilmaganda yana Angliyaga qaytishni istab qoladi.

APLda u ikki mavsumda "Aston Villa" va "Manchester Siti" kabi jamoalar sharafini himoya qilishga ulguradi. U "Aston Villa" safida tarixiy natijani qayd etgan: APL doirasidagi o'yinlarda gol kiritgan ilk darvozabon Peter SHmeyxel bo'ladi.

Faoliyatini 2003 yilda yakunlagan.


Terma jamoa


1987 - 2001 yillar davomida Daniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Bu muddat ichida 129 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol kiritishga ham muvaffaq bo'lgan. Terma jamoa bilan qo'lga kiritgan eng yuqori natijasi 1992 yilgi Evropa chempionligi bo'lgan. O'shanda Daniya terma jamoasi Yugoslaviya terma jamoasining diskvalifikaciyasi sababligina qita birinchiligida ishtirok etish uchun SHveciyaga tashrif buyurgandi. Yakunda esa daniyaliklar guruhda Angliya va Franciya terma jamoalarini qoldirib ketishgan. Yarim finalda esa Gollandiya mag'lub etilgan. Hal qiluvchi final bahsida esa germaniyaliklarga hech qanday imkoniyat qoldirilmagan. Ushbu muvaffaqiyat Peterga nafaqat Evropa chempionligini, balki dunyoning eng yaxshi darvozaboni mukofotini ham qo'lga kiritadi.



Jahon chempionatlarida Peter bir martagina ishtirok etgan: 1998 yilda Daniya terma jamoasi Mundialning chorak finaligacha etib borgan. Bu esa skandinaviyaliklar uchun o'shanda juda yaxshi natija hisoblangan.


Erishgan yutuqlari:

"Brondbyu"

Daniya chempioni: 1987, 1988, 1990, 1991

Daniya kubogi sohibi: 1989



"Manchester Yunayted"

Angliya Premer-Ligasi chempioni: 1993, 1994, 1996, 1997, 1999.

Angliya kubogi sohibi: 1994, 1996, 1999

Futbol ligasi kubogi sohibi: 1992

Angliya superkubogi sohibi: 1993, 1994, 1996, 1997

CHempionlar ligasi g'olibi: 1999

Evropa superkubogi sohibi: 1991



"Sporting"

Portugaliya chempioni: 2000

Portugaliya superkubogi sohibi: 2000



"Aston Villa"

Intertoto kubogi sohibi: 2001


Daniya terma jamoasi

Evropa chempioni: 1992


Vikipediya malumotlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика